Foto: Yandex Photos
Rossiyalik yakkakurashchi Umar Nurmagomedov UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda uning amakivachchasi Habib Nurmagomedov Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
«UFC’da hayotimning yangi sahifasini ochyapman. Yonimdagi barchaga rahmat aytaman. Sizlarni uyaltirib qo‘ymayman», — deydi Umar.
24 yoshli Umar Nurmagomedov MMA’da 12 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. U so‘nggi bor Toshkentda o‘tgan GFC 20 kechasida Brayan Gonsalesni mag‘lub etib, chempionlik kamarini himoya qilgandi. Jangdan so‘ng Umar UFC’da debyut qilmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, Umar Nurmagomedov 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 249 musobaqasida debyut qilishi mumkin. Shu kuni Habib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Habibning yana bir amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov UFC’da debyut qilgan va kutilmaganda David Zavadega yutqazib qo‘ygandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin