
Bizgacha yetib kelgan gap-so‘zlarga qaraganda, PFL yaqin kunlar ichida katta yig‘ilish tashkil qilmoqchi.
Bunda o‘tgan mavsum yakunlari keng tahlil qilinadi, shuningdek, yangi mavsum oldidan maqsad va rejalar keng jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
Yaxshi bilasiz, o‘tgan yilning yoz oyida O‘FA rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berganidan so‘ng avtomatik ravishda PFLda ham o‘zgarish bo‘ldi. Lekin yangilangan PFL hozircha katta yig‘ilish tashkil qilib OAV vakillari bilan suhbat qurgani yo‘q. Aftidan shunday yig‘ilish shu yilning fevral oyida, to yangi mavsum start olgunga qadar bo‘lib o‘tadi.
Katta ehtimol bilan yig‘ilishda barcha turdagi OAV xodimlari taklif qilinadi. Bunda bir qator savollarga javob olinishi, xususan o‘tgan mavsumning plyus va minus tomonlari, yangi mavsumda Superligada aniq nechta jamoa qatnashishi, qur’a qachon bo‘lishi, bu yilgi Superliga qaysi nom ostida o‘tkazilishi, Pro liga formati va boshqa savollar borasida PFL rahbariyati tomonidan ma’lumot berilishi kutilyapti.
Faqat hozircha ushbu katta yig‘ilishning qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilingani yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar