"Humo" bosh murabbiy Yevgeniy Popixin jamoasining Sankt-Peberburgning "Dinamo" klubiga boy berilgan bahsi (2:5) haqida quyidagicha fikr bildirdi:
"Dinamo"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Chempionat lideriga qarshi o‘ynadik. Albatta, jamoa ancha tezkor edi. Och. Darvozabonlarimiz bugun yaxshi harakat qilishganlaridan xursandman. Yigitlar taslim bo‘lishmadi. Hisob 2:4 bo‘lib turgan vaqtda o‘yinni qutqarishga umid bor edi, ammo beshinchi shayba ularni chilparchin etdi. Bizda shunday seriyalar bor: ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, bir marta mag‘lub bo‘lamiz. G‘alabali seriyani uzoq qila olmayapmiz. Ishlashda davom etamiz.
- Birinchi davrda "Humo" xokkeychilari imkoniyati cheklangandek harakat qilishdi. Nima, ular raqibni mag‘lubiyatga uchratishga ishonishmadimi? Vaholanki Piterdagi bahsda bullitlar seriyasida mag‘lub bo‘lingan edi xolos.
- Yo‘q, biz raqibni qo‘yib yubordik. Ular qanday o‘ynashlarini aniq bilishgan. Chempionatda bu kabi uchrashuvlar bo‘lib turadi. Tanaffusda nimalarnidir o‘zgartirishga harakat qilib ko‘rdim. Hattoki darvozabonni ham almashtirdim. To‘rtinchi hal qildi. Hokkeyda hamma narsa tez o‘zgaradi. Umid butunlay o‘lgan bo‘lsada, o‘yinni qutqarib qolish mumkin. Kanadaliklar yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qay tarzda mag‘lub etganini eslang. Bizga oxirigacha ishonadigan, ishlaydigan yigitlar kerak. Bugun aynan shundaylar yetishmadi.
- Bugun "Humo-Arena"dagi eng yomon birinchi davrni ko‘rdik. Biz "Zvezda", "Yugra" va "Rubin" singari kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarni ham ko‘rgan edik. Ammo unda kuchli kurash bo‘lgan edi. Voronin kurashmoqda, Smiyargin ajoyib o‘ynamoqda, ularga e’tiroz yo‘q. Bugun himoyachilarga nimalar bo‘ldi?
- Boyagi savol. Ertaga yigitlar bilan shug‘ullanamiz. Biz bellashuvlarga oldindan tayyorgarlik ko‘ramiz. "Dinamo" hujumda yaxshi o‘ynadi. Biz o‘z zonamizda zich harakatlanib, tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tishimiz lozim edi. Biz ularni yopmadik. Bu esa hokkeychilarning darajasidan darak. Ikkita bahsda g‘alaba qozonib, keyin boshlanadi... Ular har qanday jamoaga qarshi har narsani qila olaman deb o‘ylashadi. Himoyada juda sust o‘ynadik. Ayrimlarning bunday harakati esa meni hayron qoldirdi. Va yana bu hokkey. Tushunish va ishlashda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin