Serbiyalik tennischi Novak Jokokovich Avstraliya ochiq chempionatining 8 karra g‘olibiga aylandi. Jokovich musobaqa finalida avstriyalik Dominik Timni mag‘lub eta oldi.
Uchrashuv 4 soat 3 daqiqa davom etgan va 6:4, 4:6, 2:6, 6:3, 6:4 hisobida serbiyalik tennischining foydasiga yakunlangan.
“Dominikni ajoyib musobaqa bilan tabriklayman, og‘ir o‘yin bo‘ldi, biroz omad chopmadi, biroq sen g‘alabaga yaqin bo‘lding. Senda bunga hali vaqt bor, sen Katta Dubulg‘aning hali bir nechta unvonini qo‘lga kiritasan. Dominikning oilasi vauning jamoasiga hurmatimni izhor etaman, siz ajoyib insonsizlar. O‘z jamoam, bu yerga kelgan akamga minnatdorlik bildiraman”, deb aytgan Jokovich.
“2020 yil boshida dahshatli voqealar yuz berdi – Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari, dunyoning turli burchaklaridagi ixtiloflar, Kobi Brayant qizi bilan birga halok bo‘ldi, u menga juda yaqin edi, uni ustozimdek ko‘rardim. O‘ylashimcha, bu barchamizga har qachongidan jipsroq bo‘lishimiz kerakligiga eslatmadir. Bu yerga kelib, sportchilarni, to‘pni uzatuvchi bolalarni qo‘llab-quvvatlagan barchaga, tashkilotchilarga minnatdorlik bildirmoqchiman, bu mening sevimli kortim, sevimli stadionim va bu yerda turib ushbu mukofotni qo‘llarimda yana ushlab turganimdan xursandman”, deb yakunlagan o‘z so‘zlarini g‘olib.
32 yoshli Novak uchun bu unvon Australian Open’dagi sakkizinchisi bo‘ldi (2008, 2011-2013, 2015, 2016, 2019, 2020 yillar). U bu borada rekordchi hisoblanadi. Serbiyalik bu musobaqaning finallarida hali biror marta yutqazmagan.
Jokovich Katta dubulg‘a seriyasiga kiruvchi musobaqalarda umumiy hisobda 17 marta g‘olib bo‘lgan. Bu borada erkaklar o‘rtasida shveysariyalik Rojer Federer yetakchilik qilmoqda – 20 ta unvon. Uning ortidan 19 ta unvon bilan Rafael Nadal kelmoqda.
Serbiyalik tennischi shuningdek 5 marta Uimbldonda (2011, 2014, 2015, 2018, 2019), 3 marta AQSH ochiq chempionatida (2011, 2015, 2018) va bir marta Fransiya ochiq chempionatida (2016) g‘olib bo‘lgan.
Melburndagi g‘alaba Jokovichga Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR) reytingida 1-o‘ringa qaytishga imkon beradi. Umuman olganda uning hisobida ATR’ning 78 ta musobaqasidagi g‘oliblik bor.
Dominik Tim esa Avstraliyadagi musobaqa finalchisi bo‘lgani evaziga dunyoning 4-raqamli tennischisiga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin