
Qarshiliklar o‘tgan mavsumni "Andijon" safida o‘tkazgan Dilshod Rahmatullayev bilan kelishuvga erishdi.
Klub rahbariyati Aziz G‘aniyev legionerga aylangach, jamoaning markaziy yarim himoyasini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Markaziy yarim himoya chizig‘iga "Nasaf"ning sobiq futbolchisi Dilshod Rahmatullayev qaytarildi. Klub futbolchi bilan kelishuvga erishgan.
Saytimizga ma’lum qilinishicha, Rahmatullayev 5 fevral kuni "Nasaf" bilan Turkiyadagi yig‘inga jo‘nab ketadi.
Ma’lumot uchun, Rahmatullayev 2016-2018 yillarda "Nasaf"da o‘ynagan va 2018 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubiga o‘tib ketgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar