UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va treneri Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining sportdagi faoliyati haqida yana bir bor mulohaza bildirdi.
Katta Nurmagomedovning atishicha, hali mag‘lubiyatga uchramagan chempion 2-3 ta jangdan so‘ng oktagonga chiqishni to‘xtatishi kerak.
«Habib 1,5-2 yilda faoliyatini to‘xtatadi. Maksimum 3 ta jangni ko‘zlayapman. Ikkitasi — normal.
Nurmagomedovlar avlodi 32-33 yoshgacha o‘zining eng kuchli davrini kechiradi, keyin pasayish yuz beradi... Shundan so‘ng erkakning ikkinchi balog‘at davri boshlanadi. Mushaklarning chidamliligi, elastikligi kamayadi, ko‘rish qobiliyati pasaya boradi. Shuning uchun ham vaqtida ketish kerak, seni ketkazishlaridan avval», — dedi Abdulmanap Nurmagomedov.
Habib Nurmagomedov 31 yoshda. U 19 aprel kuni amerikalik Toni Fergyuson bilan oktagonga chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...