
Xabaringiz bor kecha bo‘lib o‘tgan chorak final belllashuvlaridan so‘ng "Barselona" va "Real" o‘zlarining Ispaniya kubogidagi yurishlarini to‘xtatishdi. Nimchorak finalda esa "Atletiko" kubokni tark etgan edi.
Gracenote nashrining yozishicha 2002/2003 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Ispaniya kubogi yarim finalida yuqorida nomlari tilga olingan 3 ta grand klubsiz o‘tadigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, ularning birortasi so‘nggi 17 yil ichida ilk bor yarim finalga chiqa olmadi.
Eslatib o‘tamiz, dastlab "Atletiko" 1/16 finalda "Leonese"ga, keyinroq esa "Real" 1/4 finalda "Real Sosedad"ga, "Barselona" esa "Atletik"ga yutqazib qo‘ydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar