Kataloniyada eski muammolar yana ko‘tarildi. Bunga sabab Abidalning so‘zlariga Messining reaksiyasi bo‘ldi.
“Barselona” sport direktori Abidal juda zerikarli videointervyu tayyorladi. Abidal Valverdening ketishi bilan bog‘liq masala haqida so‘z ochdi: “Bir nechta futbolchilar uning ishidan norozi edi va jon kuydirib ishlashmadi. Jamoa baxtli ko‘rinmas edi”.
Mashmasha uchun asos yo‘q edi. Ammo Messi ijtimoiy tarmoqda Abidaldan norozi ekanligini bildirdi. Jamoadoshlari ham Lionel tomonda. Hech bir futbolchiga ularni murabbiyni ketkazishda ayblashgani yoqmaydi.
Muxlislar ham Messining tarafini oladi, chunki Bartomeu va Abidal yomon ishlashyapti. Ammo Messi bu mashmashaga nega aralashgisi keldi? Ko‘pchilik buni jamoani aynan sardor boshqarishiga ishora sifatida ko‘ryapti.
Aslida unday emas, Neymar kelmadi, Galyardo murabbiylik kursisini egallamadi. Agarda hammasi Messining boshqaruvida bo‘lganida, Galyardo qo‘l ostida Neymar bilan birga mashg‘ulot o‘tayotgan bo‘lishardi.
Messiga Abidalning olib borayotgan ishlari yoqmayapti. Neymarni qaytarmadi, lekin Grizmanni sotib oldi. Yosh va hali o‘zini ko‘rsatishi gumon bo‘lgan futbolchilar bilan shartnoma imzoladi, Galyardo yoki Xavini murabbiylik postiga olib kelmadi. Seten aniq Messining tanlovi emas.
Lionel muammoni ochiqchasiga ko‘rsatib berdi. Abidal va Bartomeu muammolarni bartaraf etmayapti, aksincha kadrlar tanqisligi muammosini paydo qilyapti. Malkom, Artur, Murilo, Todibo kabi futbolchilar “Barselona” darajasidagi futbolchilar emas.
Messi ketishi mumkin. Uning shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. Shartnomada kelayotgan yozda “Barselona”ni tekinga tark etishi mumkinligi haqida band bor. Shartga ko‘ra, u Yevropaning birorta top-klubiga o‘ta olmaydi, lekin Qatar yoki shunga o‘xshash biror davlatga borib, bir transfer oynasigacha to‘p surib, yana top-5 ga qaytishi mumkin.
Messining ortida juda katta piar-ishchilar guruhi turibdi. Uning homiylari shunchaki birovning fikriga javob yozishga qo‘yishmaydi. Bu rejalashtirilgan komment bo‘lishi mumkin. Yo Messi shartnomaga jamoadagi muammolarni bartaraf etish shartlarini qo‘yadi yoki “Man Siti”ning yiliga 50 mln to‘laydigan shartnomasini qabul qiladi. Ertami-kechmi “Barselona” yangilanishi kerak. “Real” Ronalduni ushlab qololmadi. “Barsa” ham Messiga juda qattiq bog‘lanib qolishi kerakmas.
Agarda jamoaning “pastga sho‘ng‘ish” sanasini eslaydigan bo‘lsak, hammasi 2017 yilning 13 yanvaridan boshlangan edi. O‘sha kuni Messining birinchi murabbiylaridan biri jamoadan haydalgan edi. Qariya Gratakosni shaxsiy fikri uchun iste’foga chiqishga majbur etishdi. U ham xuddi Abidal kabi muhim bir narsa aytmagan edi. Shunchaki, Messi Inesta, Xavi, Neymarsiz bunchalik muvaffaqiyatga erisha olmaydi deb fikr bildirgan edi.
Undan so‘ng, “Yuventus”, “Roma” va “Liverpul”ga uchralgan sharmandali mag‘lubiyatlar. Gratakos haq bo‘lib chiqyapti. Endi esa Suaressiz Messini ko‘ramiz.
Agarda bu mashmashalar davom etaversa, kichik ehtimol bilan Messi ketishga hozirlik ko‘rayotgan bo‘ladi. Gvardiola, Begiristayn va Ferran kabi “Barselona” muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan insonlar hozir “Man Siti”da. Leo ular tomonga qadam qo‘yayotgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi nashrlar xabariga ko‘ra, top-5 ga kiradigan jamoaga o‘tmaslik shart degan band yo‘q Leoning shartnomasida, faqatgina 32 yoshdan so‘ng bemalol jamoani tark etishi mumkin degan band bor. Agar shunday bo‘lsa, hammasi tushunarli.
Lekin bu mashmashalar barham topishini, Messi va rahbariyat kelishib olib, ichki nizolarga emas, maydondagi vaziyatlarga ko‘proq e’tibor qaratishini kutib qolamiz.
Erkinjon G‘aybullayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...