15:30 / 08.02.2020
2 679

Bugun Superliga 2020 yilgi mavsumiga qur’a tashlanadi

Bugun Superliga 2020 yilgi mavsumiga qur’a tashlanadi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2020 yilgi mavsumiga 8 fevral, shanba kuni qur’a tashlanadi.
«Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadigan marosim 18:00 da boshlanadi. Qur’a tashlash jarayonini «Sport TV» orqali jonli efirga uzatish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Superliga 2020 yilgi mavsumida 14 ta jamoa ishtirok etadi. 2019 yilgi mavsumda so‘nggi o‘rinni olib quyi ligaga ravona bo‘lgan «Dinamo» o‘rnini Pro Liga g‘olibi «Mash’al» egallagan.

Superliga—2020 ishtirokchilari bilan tanishing:
«Paxtakor»
«Lokomotiv»
«Bunyodkor»
«So‘g‘diyona»
«Metallurg»
«Surxon»
«Nasaf»
OKMK
«Navbahor»
«Andijon»
«Qo‘qon-1912»
«Buxoro»
«Qizilqum»
«Mash’al»
Superliganing yangi mavsumi 27 fevralda start oladi va 25 noyabrga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Superliga 2020 yilgi mavsumiga qur’a tashlanadi