O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilishicha, O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.
«9 fevral kuni Nur-Sultonda Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi kengashining yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, vitse-prezident lavozimlariga esa Iskander Karim va Valixan Ten tayinlandi», deyiladi xabarda.
Anjuman yakunida Qozog‘istonda birinchi marta Aralash yakkakurash bo‘yicha Osiyo chempionati 2020 yilning iyun oyida o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabrida O‘zbekistonda Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan, Otabek Umarov esa assotsiatsiya prezidenti etib saylangandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining ikkinchi kuyovi bo‘lgan Otabek Umarov 2019 yil martidan buyon Triatlon federatsiyasi raisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...