14:11 / 09.02.2020
2 700

Shota Arveladze: “OCHLda minimum vazifa - guruhdan chiqish”

Shota Arveladze: “OCHLda minimum vazifa - guruhdan chiqish”
OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mezbonlar ishtirok etishdi. Bosh murabbiy Shota Arveladzega jamoa sardori Yegor Krimes hamrohlik qildi.

Birinchi navbatda yangi mavsum bilan barchani tabriklayman. Albatta OCHLni o‘z maydonimizda boshlaymiz. Bu musobaqa biz uchun, O‘zbekiston uchun juda muhim. Guruhimiz qanday ekanligini bilasizlar. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga urinamiz. Ayniqsa dastlabki ikki turni o‘z maydonimizda o‘tkazishimiz balki qandaydir ustunlik berar. Ertaga muxlislar kelib bizni qo‘llab quvvatlashadi deb o‘ylayman”, - deydi Shota Arveladze.

“Men ham yangi mavsum bilan futbol jamoatchiligini tabriklayman. Ertaga o‘ylashimcha qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Ilk o‘yin uyda ekanligi yaxshi. O‘tgan yilgi OCHLda qilgan xatolar ustida ishladik”, - deydi Yegor Krimes.

- Rahbariyat klub oldiga OCHLda qanday vazifa qo‘ydi?
- Guruhdan chiqish vazifasi qo‘yildi.

- Jamoaning jismoniy holati hozir qanday?
- Bir jamoa tonusga kirib olishi uchun 10ta o‘yin kerak bo‘ladi. Hozirga qadar 4ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik.

- Raqib haqida nima deya olasiz?
- Kuchli jamoa. Ayniqsa hujum chizig‘i kuchli. Ayni paytda BAA chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi. Futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi. Tarkibida ispaniyalik, argentinalik va braziliyalik legionerlari bor. Bundan tashqari “Shabab Al Ahli” o‘z safiga Aziz G‘aniyevga qo‘shib oldi.

- Ertangi bahsga hamma tayyormi?
- Sidiqov, Komilov va Abdullayev kabi futbolchilardan tashqari qolganlar ertangi o‘yinga tayyor. Bu o‘yinchilar taxminan bir oylardan keyin maydonga tusha boshlashsa kerak.

- Ertaga jamoa hujumkor o‘ynaydimi?
- “Paxtakor” o‘zi biladigan o‘yinni namoyish etadi. O‘yin davomida o‘z uslubimizdan chekinmoqchi emasmiz.

- Jamoada bir nafar osiyolik legioner uchun joy qolgan.
- OCHL uchun zayavka qilish vaqti tugadi. Balki ikkinchi davra oldidan o‘ylab ko‘rarmiz.

- Raqib safida siz himoyachilarga bosh og‘riq bo‘ladigan qaysi hujumchilarni ajratib ko‘rsata olasiz?
Yegor Krimes: - Aynan bir futbolchini ajratib ko‘rsata olmayman. Lekin bosh murabbiy aytganidek kuchli legionerlari bor. Ularga qarshi yaxshi o‘ynay olamiz deb umid qilaman.

- Eren Derdiyok jamoaga qanday qo‘shilib ketdi?
Yegor Krimes: - Eren juda yaxshi yigit. Dastlabki kunlardanoq juda ham yaxshi suhbatdosh ekanligini bildik. Shunchaki o‘yindagi o‘zaro tushunishni yo‘lga qo‘yib olishimiz darkor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “OCHLda minimum vazifa - guruhdan chiqish”