Ertaga, 10 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi mavsum guruh o‘yinlariga start beriladi.
Shu munosabat bilan OFK sayti musobaqaga doir bir nechta qiziqarli ma’lumotlarni berib boryapti. Quyida bu mavsum porlashi kutilayotgan 8 nafar futbolchini keltirib o‘tamiz. Quvonarlisi shundaki, ular orasida hamyurtimiz Aziz G‘aniyev ham bor.
Yaxshi bilasiz, Azizjon G‘aniyev yaqinda BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga ko‘chib o‘tdi va endilikda ushbu jamoa sharafini himoya qiladi.
1. Feras Al Brikan ("Al Nasr", Saudiya Arabistoni)
U-23 Osiyo chempionatida Saudiya Arabistoni ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa safida eng yaxshi futbolchilardan biri Feras Al Brikan bo‘ldi. Uning Suriya darvozasiga kiritgan goli "Musobaqaning eng chiroyli goli" deb topildi. To‘g‘ri, "Al Nasr"da jamoa to‘purari Abdurazzoq Hamdallah bor, lekin muxlislarning Feras Al Brikandan ham umidi katta.
2. Kim Jin Ya ("Seul FK", Janubiy Koreya)
U-23 Osiyo chempionatining yana bir kashfiyot futbolchisi Kim Jin Ya hamyurtimiz Ikrom Aliboyev bilan bitta klubda o‘ynaydi. Kim Jin Ya U-23 Osiyo chempionatida koreyaliklar safida barcha uchrashuvlarda maydonga tushib to‘liq harakat qildi.
3. Mehdi Gayedi ("Istiqlol", Eron)
Mehdi Gayedi haqida iliq fikrlar bildirilyapti. Hatto uni "eronlik Neymar" deyayotganlar ham yo‘q emas. Gayedi bu mavsum "Iqtilol"ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishi kutilyapti. OCHL pley-off bosqichida Qatarning "Al Rayan" klubi bilan kechgan bahsda Mehdi Gayedi raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritdi.
4. Aziz G‘aniyev ("Shabab Al Ahli", BAA)
21 yosh futbolchi yaqinda BAAning "Shabab Al Ahli Dubay" klubiga ko‘chib o‘tdi. Ikki yil oldin U-23 Osiyo chempionatida porlagan G‘aniyev bu yilgi musobaqada ham yorqin o‘yin namoyish etishga harakat qildi. Natijada uning o‘yini arablarga ma’qul kelib, "Nasaf" yarim himoyachisini o‘z saflariga qo‘shib olishdi.
5. Nikolas D'Agostino ("Pert Glori", Avstraliya)
Bu futbolchini ham yaxshi taniysiz. U-23 Osiyo chempionatida 3-o‘rin uchun kechgan bahsda bizga gol urgan hujumchi. 2019 yilning o‘rtasida "Brisben Roar"dan "Pert Glori"ga ko‘chib o‘tgan futbolchi Osiyo chempionlar ligasida ilk golini urgan payt 18 yoshda edi. U OCHLdagi birinchi golini 2017 yil kiritgan.
Shuningdek, bu yil porlashi kutilayotgan 8 nafar yosh futbolchi qatoriga Ju Chenjiye ("Shanxay Shenxua", Xitoy), Ekanit Panya ("Chiangrai Yunayted", Tailand) hamda Yahyo Nodir ("Al Ayn", BAA) ham kiritilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...