Superliga birinchi davra taqvimining e’lon qilindi. Unga ko‘ra "Navbahor"ni dastlabki turdanoq jiddiy sinovlar kutayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Ilk turni "lochinlar" Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazishadi. To‘g‘ri, bu uchrashuvga Namangandan ko‘plab muxlislar tashrif buyurishi va o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Ammo raqib amaldagi chempion va hozirgi kunda eng yaxshi formada, kuchli tarkibga ega bo‘lgan "Paxtakor".
Ikkinchi o‘yinda "Lokomotiv" Namanganda mehmon bo‘ladi. Bu bellashuvga qiziqish juda yuqori. Sababi "Navbahor"ning dastlabki uy o‘yini va raqib ham shunga yarasha kuchli jamoa. To‘g‘ri, "temiryo‘lchilar"ni bir qator yetakchilar tark etdi. Biroq jamoada g‘oliblik, chempionlik ruhi bor.
Keyingi o‘yin vodiy derbisi. Andrey Kanchelskis shogirdlarini Andijonda "burgutlar" kutmoqda. "Andijon" klubi tarkib va futbolchilarning mahorati borasida "Navbahor"ga raqobat qila olmasa-da, o‘yin derbi maqomidaligi bois mazkur bahsga mezbonlar boshqacha e’tiborda bo‘lishadi. Buni jamoalarning avvalgi natijalarida ham ko‘rganmiz.
Derbini o‘tkazib olgan "Navbahor" yengil tin olmasligi bor gap. Chunki "lochinlar" Qarshiga parvoz qilishlari kerak. "Nasaf" har yili yo‘qotishlarga uchraydi, Jamoani yetakchilar tark etadi. Biroq Ro‘ziqul Berdiyev har gal ketganlarning o‘rnini to‘ldira olish xususiyatiga ega. Shu bois bo‘ajak uchrashuv anchagina qizg‘in ruhda o‘tishiga shubha yo‘q.
Bu o‘yinlardan “Navbahor” qanday holatda chiqishi noma’lum. Salbiy natijalar qayd etilsa, “Buxoro”ga qarshi bahsda ochko yo‘qotilsa, Andrey Kanchelskisning kursisi qimirlab qolishi mumkin. Aksi kuzatilsa, jamoa o‘z maqsadlari yo‘lida imkoniyatlarini yaxshilab oladi.
Bu shunchaki taxminlar xolos. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Eng asosiysi, siz-u biz chiroyli o‘yinlar ko‘rib, bir-biridan ajoyib gollar shohidiga aylansak bo‘lgani.
Quyida "Navbahor" birinchi davrada qachon va kimlar bilan o‘ynashi borasida ma’lumot olishingiz mumkin:
1-tur, 27 fevral, payshanba
Paxtakor – Navbahor
2-tur, 6 mart, juma
Navbahor – Lokomotiv
3-tur, 15 mart, yakshanba
Andijon – Navbahor
4-tur, 20 mart, juma
Nasaf – Navbahor
5-tur, 4 aprel, shanba
Navbahor – Buxoro
6-tur, 12 aprel, yakshanba
Metallurg – Navbahor
7-tur, 19 aprel, yakshanba
Navbahor – So‘g‘diyona
8-tur, 26 aprel, yakshanba
Bunyodkor – Navbahor
9-tur, 1 may, juma
Navbahor – Qizilqum
10-tur, 16 may, shanba
Surxon – Navbahor
11-tur, 23 may, shanba
Navbahor – Mash’al
12-tur, 13 iyun, shanba
AGMK – Navbahor
13-tur, 28 iyun, yakshanba
Navbahor – Qo‘qon-1912
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi