Xabaringiz bor, Namanganning “Navbahor” klubi ayni paytda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Belek shahrida olib bormoqda.
Yig‘in davomida namanganliklar bir qator nazorat-sinov bahslari ham o‘tkazishdi. O‘sha bahslarning ikkitasida "lochinlar" mahoratli yarim himoyachisi Abbos G‘ulomov gol urishga erishdi.
“Lochinlar”ning navbatdagi mashg‘uloti yakunlangach, klub matbuot xizmati G‘ulomov bilan suhbat uyushtirdi.
- Abbos, Turkiyadagi yig‘in qanday kechyapti?
- A’lo darajada o‘tyapti. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazib, unda astoydil ter to‘kyapmiz. Turkiyaning eng sifatli maydonlarida shug‘ullanyapmiz, eng yaxshi mehmonxonada dam olyapmiz. Qisqasini aytganda, sharoitlar a’lo darajada.
Fursatdan foydalanib, biz – futbolchilarga shunday sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” klubi vitse-prezidenti Oybek Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Yangi mavsumda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, oldimizga qo‘yilgan maqsadni bajarish va ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.
- “Navbahor” tarkibiga yangi qo‘shilgan futbolchilar borasida nima deya olasiz?
- Yangi jamoadoshlarimning barchasini yaxshi taniyman va ularga qarshi o‘tgan mavsumda o‘ynaganman. Mazkur o‘yinchilarning barchalari mahoratli hamda bo‘lajak mavsumda jamoamizning o‘z maqsadini amalga oshirishida yordam berishadi, deb umid qilaman.
- “Navbahor”ning murabbiylar shtabida ham o‘zgarish yuz berdi va mahoratli murabbiylar – Otabek G‘ulomxo‘jayev hamda Doniyor Usmonov jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisga yordam beradigan bo‘lishdi. Ular haqda nima deya olasiz?
- Murabbiylar shtabidan o‘rin olgan mazkur yosh mutaxassislar ham ancha mahoratli sanalishadi. Ular oldin O‘zbekiston U-19 yoshlar termasida birga ishlashgan va mashg‘ulotlar davomida Andrey Antanasovichga amaliy yordam berib, o‘z salohiyatlari hamda tajribalarini biz –futbolchilar bilan o‘rtoqlashishmoqda.
Shuningdek, murabbiylar shtabidagi Mustafo aka Bayramov va A’zam aka Rajabbayev ham mashg‘ulotlar davomida bosh murabbiyga amaliy tarzda yordam berib, biz – futbolchilardan o‘z maslahatlarini ayashmayapti.
Darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ham jamoamiz posbonlarini rosa terlatyapti (kuladi).
Axir, aytishadiku, mashqda qiyin bo‘lsa, jangda oson bo‘ladi, deb.
Qisqasi, “Navbahor” murabbiylar shtabidan ajoyib mutaxassislar o‘rin olishgan va ularning sa’y-harakatlari natijasida jamoamiz yangi mavsumda ijobiy natijani qayd etadi, degan umiddaman.
- Belekdagi yig‘in davomida “Navbahor” to‘rtta o‘rtoqlik bahslari o‘tkazdi. Ushbu nazorat – sinov bahslari hamda raqiblar borasida borasida nima deya olasiz?
- Barcha sparring – raqiblarimiz ancha kuchli ekan. Shu bois, ushbu jamoalarga qarshi kechgan nazorat bahslari keskin kurashlar ostida o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarida Turkmanistonning “Axal” (1:0) va Serbiyaning “Rad” (2:1) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik. Qozog‘istonning “Jetisu” (1:1) hamda Ukrainaning “Kolos” (0:0) klublari bilan bo‘lgan bahslarda esa durangga imzo chekdik.
Fursati kelganda, shuni ham ta’kidlamoqchimanki, biz har qanday bahsda, u qanday o‘yin bo‘lishi, raqib kimligidan qat’iy nazar, maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida tushamiz. Albatta, yangi mavsumda ham o‘z oldimizga shunday maqsad qo‘yyapmiz.
- “Rad” va “Jetisu” jamoalariga qarshi kechgan nazorat o‘yinlarida gol urishga muvaffaq bo‘ldingiz...
- Albatta, ta’kidlaganimdek, maydonga har bir bahsda g‘alaba ishtiyoqida tushyapmiz. Shu bois, har bir futbolchi, jumladan, men ham maydonda astoydil o‘ynashga intilyapmiz. Buning samarasi o‘laroq, gollar ham urdim. To‘p kiritishimda jamoadoshlarimning ham munosib hissalari bor. Endi ushbu yoqimli an’ana, ya’ni gol urishni yangi mavsum bahslarida ham davom ettirish niyatidaman.
- Turkiyada o‘tkazilayotgan mazkur yig‘in va o‘rtoqlik uchrashuvlari yangi mavsumda o‘z samarasini bersa kerak?
- Albatta, samara beradi. Ta’kidlaganimdek, sifatli va tabiiy maydonlarda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, kuchli sparring - raqiblarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishimiz biz – futbolchilarga jismoniy holatimizni yaxshilash, sport formamizni ushlab turishda o‘z foydasini berishi aniq. Bu esa yangi mavsumda maydonda ishonchli tarzda to‘p surishimizni ta’minlaydi.
Jamoamiz bu yil o‘z oldiga yuksak maqsad qo‘yyapti hamda tarkib ham shunga yarasha kuchaytirilyapti.
Biz - futbolchilar hamjihat holda, Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.
Faqat muxlislar bu yil ham xuddi oldingi mavsumlardagidek jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘lgani.
Shuni ta’kidlamoqchimanki, ishqibozlarning qo‘llashi, biz – futbolchilarga o‘zgacha ruh hamda ishtiyoq bag‘ishlaydi va g‘alabalar sari ruhlantiradi.
Baxtimizga “Navbahor”ning barcha muxlislari sog‘-salomat bo‘lishsin va ular bilan jamoamizning yutuqlarini birgalikda nishonlash nasib etsin, ilohim!
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»