23:54 / 15.02.2020
2 773

Sportdagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Sportdagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yil 14 fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5729-son Farmoni ijrosi hamda 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda respublika tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul kordinatorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda vazirlikning Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika komissiyasi kotibi A.Kadirov, Yuridik bo‘lim boshlig‘i Sh.Karimov, Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Salimov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mutasaddilar 2019 yil davomida vazirlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5729-son Farmoni ijrosi va 2020 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazirlik hamda uning tizim tashkilotlari oldida turgan dolzarb vazifalar, normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishning xususiyatlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, uni bartaraf etish hamda odob-axloq qoidalari natijadorligi kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Yig‘ilish davomida tizim tashkilotlarining kordinatorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5729-son Farmoni ijrosi bo‘yicha tizim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Yig‘ilish yakunida 2020 yilda vazirlik hamda tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida kelishib olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sportdagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi