date

Lui van Gal: "MYu" 4-4-2 sxemasida asabiy o‘ynaydi, bu menga yoqmaydi"

Lui van Gal: "MYu" 4-4-2 sxemasida asabiy o‘ynaydi, bu menga yoqmaydi"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal o‘z jamoasining o‘yinini 4-4-2 sxemasiga o‘tkazish borasida fikr bildirdi.

"4-4-2 sxemasida tushganmizda ko‘proq g‘alaba qozonganmiz, ammo keyin o‘yinni tahlil qilganimizda asabiy holda o‘ynaganimiz ko‘rinib qoladi. Hamma o‘yinlar, "Vest Hem"ga qarshi uchrashuvdagiday asabiy o‘tgan, bu menga yoqmaydi.

Jamoa hamon 3-5-2 sxemasiga o‘rgana olmayapti, bu esa juda muhim narsa. Shu sxemada o‘ynasak, barcha futbolchilarimiz o‘zlarini qulay his qilishini istayman.

Sxemamiz bo‘yicha bahslar tinmayapti, bu kerakmas. Men o‘z qarorlarimni murabbiylar shtabi bilan muhokama qilib, o‘yinchilarning holati va raqibning kuchiga qarab chiqaraman. Matbuotda nima yozilmoqda, muxlislar nimalar deyishmoqda, buni kuzatgan mening vaqtim yo‘q", - deydi Van Gal.

Manba: www.Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lui van Gal: "MYu" 4-4-2 sxemasida asabiy o‘ynaydi, bu menga yoqmaydi"