ChL-2015 rasmiy to‘plari “Bunyodkor”ga yetib keldi

ChL-2015 rasmiy to‘plari “Bunyodkor”ga yetib keldi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi “Bunyodkor” futbol klubiga qita’mizning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasi turniri rasmiy to‘plarini yubordi.

“Qaldirg‘ochlar” yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayonida ushbu to‘plarni sinab ko‘rishadi.

Nayk firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan va Nike Ordem deb nomlanuvchi ushbu futbol to‘pi Angliya, Ispaniya, Italiya chempionatlarida o‘ynalmoqda. Shuningdek, ayni paytda Avstraliyada o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi-2015 musobaqasida ham ushbu to‘plar qo‘llanilmoqda.
ChL-2015 rasmiy to‘plari “Bunyodkor”ga etib keldi


Manba: www.stadion.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar