
Bugun Qarshi shahridagi “O‘zbek Neftgaz" aksiyadorlik jamiyati asosiy binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati hokimi va viloyatdagi 3 ta: “Nasaf”, “Mash’al” hamda “Sho‘rtan" futbol jamoalarining futbol mutasaddilari, futbol muxlislari hamda futbolga aloqador barcha shaxslar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad viloyat hokimi tomonidan “Nasaf” futbol klubini joriy mavsumning O‘zbekiston chempionatida kuchli uchlikdan joy olishi ustuvor vazifa etib belgilandi.
Qolaversa, viloyatning qolgan barcha jamoalarini yanada kuchaytirib Qashqadaryoda futbol sport turini rivojlantirish haqida ta’kidlanib o‘tildi. Viloyat hokimi kubogi uchun 400 million so‘m ajratiladigan bo‘ldi. Tuman va shahar hokimliklarining o‘z futbol klubi bo‘lishi kerakligi ham aytib o‘tildi.
Qarshi ShahriO‘zbek NeftgazQashqadaryo ViloyatiNasaf FutbolMash’al FutbolUchrashuv Mavzusi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar