Foto: «Getty Images»
Angliyaning «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Xyon Min o‘ng qo‘lidan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotqiziladi. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, koreys futbolchisi APL 26-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat orttirib olgan.
Ta’kidlanishicha, forvard bir necha haftagacha jamoasiga yordam berolmaydi. Vaziyat shunisi bilan ham achinarliki, londonliklarning asosiy hujumchisi Xarri Keyn ham jarohat olgan. Keyn apreldan keyingina safga qaytishi kutilmoqda.
Ushbu mavsum Son uchun juda muvaffaqiyatli o‘tayotgandi: barcha turnirlardagi 32 ta o‘yinda 16 ta gol urib, sakkizta golga assistentlik qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali pley-off bosqichi doirasida, 20 fevral tunida «Tottenhem» «Leypsig»ni o‘z maydonida qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi