06:00 / 20.02.2020
2 834

Yunon-rum. O‘zbekiston Osiyo chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi

Yunon-rum. O‘zbekiston Osiyo chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Shu kunlarda Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Osiyo chempionatida 6 medalni qo‘lga kiritgan holda ikkinchi bo‘lishdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo‘yishdi.
Osiyoning eng kuchlilarini aniqlab beruvchi ushbu musobaqada -67 kg vazn toifasida kurashlarda qatnashgan Mahmud Baxshilloyev chorak va yarim final bahslarida Suriya va Hindistondan tashrif buyurgan kurashchilarni taslim etgan holda finalga yo‘l oldi.

Finalda esa hamyurtimiz janubiy koreyalik Xansu Ryuga qarshi kurash olib bordi. Murosasiz kechgan jangda Baxshilloyev kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal egasiga aylandi.

Shuningdek, -60 kg vaznda Islomjon Bahromov, -82 kg vaznda Jalgasbay Berdimuratov, -97 kg vaznda Muhammadali Shamsiddinov bronza medallari bilan taqdirlandi.

Umumiy hisobda sportchilarimiz Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda qit’ada Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Ma’lumot uchun, birinchi kun bahslarida uch nafar o‘zbekistonlik shohsupaga ko‘tarilgan, ulardan Elmurat Tasmuradov beshinchi bor Osiyo chempioni bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yunon-rum. O‘zbekiston Osiyo chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi