"Humo" tashkil etilganining ilk yilidayoq Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogi pley-off bosqichiga chiqdi va hozir jamoani eng muhim uchrashuvlar kutib turibdi. "Qanotlilar" sardori Aleksandr Sherbina shu bois jamoa muxlislariga murojaat qildi.
O‘tgan hafta toshkentliklar Petrov kubogi 1/8 final bosqichi doirasida Neftekamskning "Toros" jamoasiga qarshi bahs olib borishi bo‘ldi. Safarda o‘tgan ikki bellashuvda Yevgeniy Popixin shogirdlari mag‘lub bo‘lishdi - 0:3 va 2:3 OT.
Oldinda esa Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Toros"ga qarshi yana ikki o‘yin kutib turibdi. "Humo" sardori esa muhim uchrashuvlar oldidan muxlislarni "Humo-Arena"ga chorladi.
Hurmatli muxlislar!
Sizlar butun mavsumda jamoani ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatladingiz va bu bizga g‘alaba qozonishimizda yordam berdi. Sizlar bizning maydondagi oltinchi o‘yinchimizsizlar, bizni hujumga undab, qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatladingiz.
Mavsumning eng muhim uchrashuvlari oldinda. "Toros" jamoasi ko‘p marotaba VXLda chempion bo‘lgan, ammo biz butun Toshkent, butun O‘zbekiston ortimizda turganligini his etib turibmiz.
"Humo" faqat g‘alaba uchun o‘ynaydi va bizni faol qo‘llab-quvvatlashingizga aminmiz. Sizni 26 va 27 fevral kunlari "Humo-Arena"da kutamiz. Birgalikda g‘alaba qozonamiz!
Aleksandr Sherbina ("Humo" xokkey klubi sardori)
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi