Foto: Reuters
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Dik Paund 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi o‘tkazilishi bo‘yicha qaror uch oydan keyin qabul qilinishi haqida ma’lum qildi.
«May oyi oxirigacha kutish kerak. Umid qilamizki, virus epidemiyasi ustidan nazorat qo‘lga olinadi. Agar bunday bo‘lib chiqmasa, Olimpiada bekor qilinishi varianti ham ko‘rib chiqiladi», — deya Paundning so‘zlarini keltirmoqda AP News.
Bundan avvalroq Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi Olimpiya o‘yinlari uchun ko‘ngillilarni tayyorlash jarayoni kechiktirilgani haqida ma’lum qilgandi.
«Ko‘ngillilarni jamlash ayni kunlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo tashkilotchilar hali Olimpiya o‘yinlarini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqqani yo‘q. Bir tomondan Tokio hukumati barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilmoqda. Shu bois ham 2,7 ming kishidan iborat ko‘ngillilar uchun Olimpiya o‘yinlarida ishlash jarayoniga bag‘ishlangan trening joriy yilning may oyi yoki undan keyinroqqa qoldiriladi», deyilgan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Bir necha kun muqaddam London shahri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun alternativ nomzod sifatida ko‘rib chiqishni taklif qilingandi. Britaniya poytaxti merligiga nomzodlardan biri Shon Beyli Yaponiyada ham koronavirusdan bir necha yuz kishi zarar ko‘rgani va uning tarqalishidan tashvishda ekanini bildirgandi.
O‘z navbatida Tokio meri Yuriko Koike Shon Beylining Olimpiya o‘yinlarini Londonga ko‘chirish haqidagi taklifiga tanqidiy fikr bildirgan. «Bu masaladan shahar merligi uchun kurashda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish yaxshi emas», degan u.
Britaniya poytaxti bungacha 1908, 1948 va 2012 yillarda yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan.
Koronavirus epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshladi. Shu vaqtgacha jahonning yana 33 mamlakatida koronavirusdan zararlanish holati qayd etildi, bu mamlakatlarda jami 80 mingdan ortiq kishi virus yuqtirib olgan, 2700 kishi virus oqibatida halok bo‘lgan, shu bilan birgalikda, 27 mingdan ortiq bemor sog‘ayib ketgan.
24 fevral kuni Yaponiyada koronavirus yuqishi bilan bog‘liq yana 12 holat qayd etildi. Tokioda infeksiyashunoslar va boshqa ekspertlar epidemiya munosabati bilan kompleks tadbirlar dasturini ishlab chiqish uchun yig‘ilish o‘tkazishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi