06:30 / 27.02.2020
2 908

Saveliy Abramov - Kelajakda Yevropada o‘ynash orzusi, Vadim Karlenovichga qarindosh emasligi, Moskva klubidan bo‘lgan taklif haqida

Saveliy Abramov - Kelajakda Yevropada o‘ynash orzusi, Vadim Karlenovichga qarindosh emasligi, Moskva klubidan bo‘lgan taklif haqida
Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan Toshkentning "Oq-tepa" klubi futbolchisi Saveliy Abramov bilan intervyu tashkil etdik. Quyida mazkur intervyuning to‘liq matni bilan tanishing.

- Saveliy, futbolga kirib kelishingiz qanday bo‘lgan?
- Futbolga bo‘lgan qiziqish bolaligimdan boshlangan. 7-yoshligimda dadam meni "Paxtakor" akademiyasiga olib borganlar. Birinchi murabbiyim - Shuhrat aka Rahmonqulov bo‘lib, u kishi menga futboldagi dastlabki saboqlarni berganlar.

- Bugunga qadar qaysi jamoalar safida o‘ynagansiz?
- Dastlab "Paxtakor" futbol klubining o‘rinbosarlari tarkibida, keyinchalik "Qo‘qon-1912" jamoasida, ayni damda "Oq-tepa" safida o‘ynayapman.

- O‘zbekiston MTJ va "Bunyodkor" futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan familiyangiz bir xil. Shundan kelib, ayrimlar sizni Abramovga qarindosh deb o‘ylashi ham mumkin. Bu haqida aniq ma’lumotni o‘zingizdan eshitsak...
- Vadim Abramovni hurmat qilaman va nasib bo‘lsa O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishiga ishonaman. Vadim Abramov bilan chindan ham familiyamiz bir xil, lekin bu shunchaki tasodif, biz qarindosh emasmiz.

- Aytingchi, 2020-yilgi Pro-ligada "Oq-tepa" klubi o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?
- Jamoamiz joriy mavsumda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Superliga yo‘llanmasiga ega chiqishni, shuningdek muxlislarga yoqadigan tomoshabop futbol namoyish etishni maqsad qilgan.

- Ayrim manbalarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Xorazm" jamoasining bir necha yillik murabbiyi Aleksandr Yejov "Oq-tepa" klubida bosh murabbiy sifatida ishlayotgan ekan...
- Ha, bu to‘g‘ri. Ayni damda "Oq-tepa"ni Aleksandr Yejov va Alisher Shog‘ulomovlar boshqarishmoqda.

- Sizga xorij klublaridan takliflar bo‘ladimi?
- Ayni damda menda xorij klublaridan takliflar yo‘q. 15-16 yoshligimda "Dinamo" (Moskva) jamoasidan taklif bo‘lgan edi.

- Saveliy Abramovning futboldagi maqsadlari qanday?
- Futboldagi maqsadim - kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etish, shuningdek Yevropa klublariga yo‘l olishdan iborat.

- Intervyu uchun rahmat, kelgusidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
- Taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. Barcha o‘zbekistonlik futbol ixlosmandlariga, shuningdek "Oq-tepa" klubi muxlislariga omad tilayman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saveliy Abramov - Kelajakda Yevropada o‘ynash orzusi, Vadim Karlenovichga qarindosh emasligi, Moskva klubidan bo‘lgan taklif haqida