Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokio 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi.
“Ushbu mobil ilovani yaratishdan ko‘zlangan maqsad – sportchi, trener va vazir o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida, tezkorlik bilan hal qilishdan iborat”, - deyilgan xabarda.
Tokio 2020 mobil ilovasiga dastlabki bosqichda Tokio-2020 olimpiada o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritgan hamda olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘lgan sportchilar va ularning trenerlari ulanishlari mumkin. Ular 24/7 rejimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonovga o‘zlarini qiynayotgan savol, muammo yoki takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Yana bir jihatga e’tibor qaratish kerak, u yoki bu sportchi tomonidan yo‘llangan savol, taklif, murojaat yoki shikoyatni bir vaqtda o‘sha sportchining o‘zi bilan birga Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidenti, ya’ni faqat uch kishigina ko‘rishi mumkin. Mobil ilovani yuklab olgan va ulangan boshqa sportchi, trener yoki sport federatsiyasining rahbari o‘zga shaxsning shikoyatini ko‘rolmaydi. Mobil ilovada axborotning to‘la maxfiyligi ta’minlangan bo‘lib, bu korrutsion holatlarning oldini olishda ham muhim o‘rin tutadi”, - deyilgan xabarda.
Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur mobil ilovaning taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazirning birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, vazirlik hamda MOQ mutasaddilari, sport federatsiyalarining rahbarlari va terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirok etishdi.
Marosimda mazkur mobil ilovaning bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligi alohida ta’kidlanib, bu bilan sportchilarimiz istalgan vaqt va sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidentiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi