
“Mash’al” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Shuxrat Fayziyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi navbatda “Mash’al”ni qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Ilk daqiqalardayoq tezkor ikkita to‘p o‘tkazib yubordik va o‘yinga qayta olmadik. Mazkur ikki gol o‘yin natijasiga ta’sir etdi. Hujumda ham hech narsa o‘xshamadi.
O‘yinni tahlil qilamiz. Xatolar ustida ish olib boraimz. Mag‘lubiyatda butun jamoa aybdor”, - deya Fayziyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar