Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2020 yilda 3 ta juda muhim o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘ladi. Ammo tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ushbu bellashuv koronavirus sababli boshqa muddatga qoldirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq OCHL doirasida Saudiya Arabistonida o‘tishi kerak bo‘lgan "Al Hilol" - "Paxtakor", Toshkentga ko‘chirilgan "Sepaxon" - "Al Nasr" uchrashuvilari koronavirus tufayli qoldirilgandi.
Shuningdek, Yevropa va Osiyo chempionatlaridagi bir nechta bellashuvlar ham boshqa sanaga ko‘chirilgan. OFK yaqin kunlar ichida bu borada qaror chiqarishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi