
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin kutilganidek o‘tdi. "Surxon" jamoasini yaxshi bilamiz, ularning ustunligi standart vaziyatlardan foydalanishi. Bugun ham shu jihat bo‘yicha bosim uyushtirishdi. Lekin yigitlar bu bosimni qiyinchiliksiz bartaraf etishdi. Ikkinchi bo‘limda gollar urdik. O‘ylashimcha, hammasi to‘g‘ri bo‘ldi. Chunki tanaffusdan so‘ng ustunlikka ega bo‘ldik va bundan foydalandik. To‘pni nazorat qilib, qarshi hujumdan ham gol ura oldik.
"Surxon" tarkibida tajribali futbolchilar bor. Ular futbolni qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi bilishadi. Aytganimdek, standart vaziyatlarda bizga bosim uyushtirishga harakat qilishdi. "Surxon" yaxshi jamoa, ular hali ko‘p jamoalarga tashvish tug‘dirishadi. Mavsum endigina boshlandi. Hali hamma narsa bo‘lishi mumkin", - deydi Vadim Abramov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar