Ukrainalik futbolchi nima uchun o‘yin vaqtida telefonda so‘zlashganini tushuntirib berdi

Ukrainaning "Energiya" klubi futbolchisi Vladimir Kozlenko "Olimpik"ga qarshi Makarov xotira musobaqasi uchrashuvi vaqtida telefonda so‘zlashgani sabablarini tushuntirib berdi.
"Segodnya" nashrini xabariga ko‘ra, o‘sha vaqtda 35 yoshli futbolchining oilasi Doneskdan chiqib ketayotgan bo‘lgan va u ularning holidan xabar olib turgan.
"Bu juda muhim edi, oilamga aloqador. Shuning uchun qo‘ng‘iroqqa javob berdim. Uzr so‘rayman", - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Kozlenko bu ishi uchun musobaqaning qolgan o‘yinlaridan chetlashtirilgan edi. "Energiya" bosh direktori Sergey Korolskiy klubda ko‘rikdan o‘tayotgan Kozlenkoning xizmatlaridan voz kechganligini ma’lum qilgan.
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing