O‘tgan mavsum yakunida Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga borib qo‘shilgan Umarbek Eshmurodov "Nasaf" safiga qaytdi va bu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor yana qadrdon jamoamiz safiga kelib qo‘shilganimdan xursandman. «Paxtakor»ga o‘tishim borasida gapiradigan bo‘lsam, bunga jamoa OCHL da ishtirok etishi va u yerdagi murabbiylarning chaqiruvi sabab bo‘lgan edi. U yerda ham menga imkon berishardi, ammo yanada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun sobiq jamoamga qaytishni istadim. Bu haqida «Paxtakor» rahbariyati va bosh murabbiyi Shota Arveladzega o‘z istagimni bildirdim. Ular meni to‘g‘ri tushunishdi va ketishimga imkon berishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman.
"Nasaf"ni tark etib, muxlislarni xafa qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Bu aybimni jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shish orqali yuvaman va muxlislar ko‘nglini olishga harakat qilaman. Menga yana ishonch bildirgan va va jamoaga qaytib kelishimga yordam bergan «Nasaf» futbol klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - deydi Umarbek Eshmurodov.
Manba: "Nasaf" FK matbuot-xizmati “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi