Superligasi 2-turida "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis o‘zining fikrlarini bildirdi.
- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Ochilishga ko‘p sonli muxlislar kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bugun biz yaxshi o‘ynadik va g‘alabaga loyiq edik. Barchaga rahmat.
- Toshkentdagi o‘yindan farqli ravishda bugun zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilarni ishga soldingiz.
- "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda hech kimni tushirishni istamadim. O‘rinboyev endi o‘zining yuqori jismoniy holatiga kirib bormoqda. Yana bir hujumchimizning diskvalifikatsiyasi bor edi. Yaqindagina "Paxtakor" futbolchisini ijaraga oldik. O‘sha kuni futbolchini almashtirishning o‘zi ruhiy tomonlama ham noto‘g‘ri bo‘lardi. Maydondagi futbolchilar esa sher kabi kurashishdi va shu boisdan ularni xafa qilgim kelmadi.
Qachonki ular maydonga tushishga tayyor bo‘lsa, bu amalga oshadi. Biz ham zahiradan tushadigan futbolchi doimo o‘yinni kuchaytirishini istaymiz, biroq bu har doim ham amalga oshavermaydi. Barchasi futbolchining jismoniy holati va o‘z ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Masalan, ikkinchi bo‘limda Shoxrux maydonga tushdi. Yosh va g‘ayratchan futbolchi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi, har bir to‘p uchun kurashdi va jamoaga katta yordam berdi. O‘rinboyev ham o‘z ishini bajardi. Bolov diskvalifikatsiyasini tugatsa, u ham jamoani kuchaytiradi. Isoqjonovning qaytishi ham jamoani kuchaytiradi. Bizda vaqti kelib, zahira ham yaxshi holatda bo‘ladi va har bir futbolchi jamoani kuchaytiradi.
- Mavsum oldidan jamoaga qanday maqsadlar qo‘yildi?
- Maqsad - har bir o‘yinda maydonga chiqib, barcha kuchni sarflab, g‘alabaga erishish. Meni quvontirgan narsa shu bo‘ldiki, "Lokomotiv" himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. O‘tgan mavsumlarda jamoa hujumkor o‘yin ko‘rsatgandi. Birinchi bo‘limda raqiblar deyarli vaziyat yarata olishmadi. Endilikda bizdan qo‘rqishyapti, bizni hurmat qilishyapti. Albatta, bu ajoyib! Agarda shu ketishda davom etsak, turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida bo‘lishimiz aniq. Agarda oldimizdagi har bir uchrashuvda "Paxtakor" va "Lokomotiv"dagi kabi o‘yin ko‘rsata olsak, ko‘zlangan maqsadlarga erisha olamiz.
- Andrey Fyodorovning aytishiga ko‘ra, muxlislar "Navbahor"ning g‘alabasidagi asosiy omil bo‘lishdi. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi?
- Bilmadim. Umuman olganda, bugun raqibga qaraganda ko‘proq vaziyat yaratdik. Birinchi bo‘limda bosh bilan berilgan zarba golga aylanmadi. Shuningdek, Azizbek Turg‘unboyevda ham qulay vaziyat yuzaga keldi. Agarda birinchi bo‘limdayoq hisobni ochib olganimizda o‘yin boshqacharoq kechardi va bizga osonroq bo‘lardi. Ikkinchi bo‘limda esa faqatgina hujum qilavermasdan, tartibli o‘yin ko‘rsatishga intildik. Sabr qildik, kutdik va penaltidan gol urdik, keyinchalik ikkinchisi ham bo‘ldi. 12 yoki 13 emas, maydonda biz 11ga 11 bo‘lib o‘ynadik. Muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular tufayli bugun APLdagi faoliyatim yodga tushdi. Muxlislarning qo‘llab turishi doimo kerak. Aytganimdek, raqibdan ko‘ra ko‘proq vaziyat yaratdik. Ha, to‘g‘ri, to‘p qo‘lga tegdi, raqib xato qildi, deb bahona qilish mumkin. Ammo g‘alabamiz haqli qo‘lga kiritildi.
- "Manchester Yunayted" va "Navbahor" muxlislarini o‘zaro solishtira olasizmi?
- U yerning muxlislarida o‘zgacha an’analar bor. Ular so‘kinmay, haqorat qilmay, karsaklar bilan o‘yinni tomosha qilishadi. O‘tgan natijalarga qaramasdan har bir o‘yinda stadionni to‘ldirib o‘tirishadi. Ular futbolni sevishadi. Namanganda ham shunday. Namanganlik muxlislarni esa muxlislik qilishidan italiyaliklarga o‘xshatsa bo‘ladi. Agarda futbolchilar biroz yomon o‘ynashni boshlashsa, nonushtaga qo‘shib yeb yuborishadi. Shu boisdan futbolchilarga maydonga tushganidan keyin bor kuchini berib, g‘alabaga erishishlarini talab qilaman. Tanaffusda 15 daqiqa shunchaki o‘tirmasdan, barcha gaplarni, talablarni diqqatlik bilan eshitib, uni bajarish ham futbolchilarni oldinga yetaklaydi. Agarda shu ketishda davom etsak, uzoqqa yetib borishimiz aniq.
- Futbolchilarning mavsumoldi yig‘inlaridagi holatidan mamnun bo‘ldingizmi?
- Albatta. Rahbariyatga bu borada katta rahmat aytmoqchiman. O‘tgan mavsumdagiga qaraganda biz bu yo‘nalishda katta o‘sishga erishdik. Ular ham bizga yuqori sifatga ega bo‘lgan futbolchilarni taqdim qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi