Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Sug‘diyona” - AGMK o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Yakunda durang natija qayd etilgan uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jizzaxda futbol mavsumi boshlangani bilan barcha muxlislarni tabriklayman. Ijozatilar bilan ertaga bo‘lib o‘tadigan 8 mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan jamoamiz nomidan tabriklab qolaman.
Bevosita o‘yinga keladigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda jangovar harakatlar kuzatildi. Golgacha barchasi ko‘ngildagidek ketayotgandi. Ko‘rgan bo‘lsangiz oddiy vaziyatda darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Yigitlar o‘zlarida kuch topgan holda hujum uyushtirishdi va men kutgan o‘yinni ko‘rsatishdi. Jokich ikkinchi sariqni olib maydonni tark etishi oqibatida bir kishi kam bo‘lib qoldik.
Qiyin vaziyatda qolganimizga qaramasdan yigitlar natijani durangga keltirishdi. Doim ta’kidlab kelganmiz futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Shogidlarim o‘ynashni bilishadi. Hamma gap xohishda. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi, maqsadimiz ularga yoqadigan jangovar futbol namoyish etish.
“Sug‘diyona” ochko yo‘qotgan bo‘lishi mumkin, biz ochko qo‘lga kiritdik. Menimcha, durang yomon natija emas. Mavsumni durang bilan boshladik, albatta uyda o‘tadigan bahsni g‘alaba bilan boshlamoqchi edik. “Metallurg”ga qarshi bellashuvning yigirmanchi daqiqasiga qadar juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Bugun ham bir kishi kam bo‘lib oxirigacha kurashdik. Men o‘z shogirdarimga ko‘rsatmalar berdim. Hakamga e’tiroz bildirganim yo‘q. Ular o‘z ishini qildi”, - dedi Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»