07:57 / 09.03.2020
3 715

19 yoshli o‘zbek bokschisi qozog‘istonlik jahon chempionini mag‘lub etdi

19 yoshli o‘zbek bokschisi qozog‘istonlik jahon chempionini mag‘lub etdi
Xabaringiz bor, Finlyandiyaning Xelsinki shahrida boks bo‘yicha "The Gee Bee" turniri bo‘lib o‘tayotgandi. Mazkur musobaqa finaliga chiqqan o‘zbekistonlik 19 yoshli Abdumalik Xalakov (-57 kg) qozog‘istonlik jahon chempioni Qayrat Yeraliyevni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi.

Yana bir vakilimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-63 kg) jarohat sababli, final jangiga chiqa olmadi va ikkinchi o‘rinni egalladi.
Uch nafar bokschimiz ishtirok etib, bitta oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritishi boz ustiga yosh hamyurtlarimiz bu natijani qayd etganligi yanada quvonarlidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 19 yoshli o‘zbek bokschisi qozog‘istonlik jahon chempionini mag‘lub etdi