
Foto: MOQ
8 mart, yakshanba kuni, Iordaniyaning Amman shahrida Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqa doirasida navbatdagi janglar o‘tkazildi.
-75 kilogramm vazn toifasi vakili Fanat Qahramonov chorak finalda qozog‘istonlik Abilxon Amanqulga qarshi jang o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi. Ammo Fanat Olimpiada yo‘llanmasi uchun imkoniyatni saqlab qoldi. Boisi ushbu vazn toifasida Olimpiadaga 5 ta yo‘llanma o‘ynaladi. Fanat chorak finalda mag‘lub bo‘lgan boshqa bokschilar bilan 1 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
+91 kilogramm vazn toifasida Bahodir Jalolov chorak final bahsini bahraynlik Danis Latipovga qarshi o‘tkazib, 3 raund yakuniga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Bahodir ham Tokio Olimpidasiga yo‘llanmani o‘ziniki qildi va litsenzio musobaqaning yarim finaliga chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar