
Iordaniyada o‘tayotgan boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasining litsenzion turnirida -69 kilogramm vazn toifasida Bobousmon Baturov kecha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olib ulgurgan edi.
Musobaqaning yarim final bosqichida bokschimiz mezbonlar vakili Husseyn Iashash bilan bahs olib bordi.
Keskin va murosasiz kechgan bahsda mezbon sportchining qo‘li baland keldi. Shu tariqa Baturov bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Avvalroq terma jamoamizning yana bir a’zosi — Shahobiddin Zoirov ham bronza medaliga mualliflik qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar