Elnur Abduraimov Iordaniyadagi musobaqa oltin medaliga ega chiqdi

Elnur Abduraimov Iordaniyadagi musobaqa oltin medaliga ega chiqdi
Foto: Boks federatsiyasi
Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha litsenzion musobaqaning final uchrashuvlari bugun bo‘lib o‘tmoqda.

-63 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov finalda qozog‘istonlik Zakir Safiullinga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kurash ostida kechgan bahsda Elnur 3:2 hisobida raqibidan ustun kelib oltin medalga ega chiqdi.

Avvalroq Miraziz Mirzahalilov iordaniyalik bokschini taslim etgan holda chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar