"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone CHL 1/8 final javob o‘yini doirasidagi "Liverpul" (3:2)ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"4-5-1 sxemasi bizga qarshi hujumlarda vaziyat yaratishi kerak edi va shunday bo‘ldi ham. Diyego Kostaning o‘rniga Markos Lorentening tushishi mudofaaga qaratilgan edi, ammo u boshqacha suratda ishlab ketdi. Jamoa uchun xursandman, biz yana Yevropaning eng kuchli 8ta jamoasidan birimiz va aqlbovar qilmas tarzda raqibni mag‘lub etgan. Futbolda siz raqibning harakatlarini murakkablashtirishingiz kerak. Masalan biz Kosta, Feliks va Korrealar orqali "Liverpul"ni yuqori pressingda ushlab turdik. Ikkinchi goldan keyin ham taslim bo‘lmadik va biz gol urgandan keyin o‘zgacha bir narsani his qildik.
Lorente? U o‘zidan talab qilingan narsani qildi. Men Markos uchun juda xursandman, juda. Bu bizning umumiy g‘alabamiz. Har bir o‘yinchiga ta’zim qilaman.
Oblakning sayyoramizning eng kuchli darvozaboni ekanligiga shubham yo‘q. Yan Savich, Feliks, Felipelar kabi biz uchun o‘ta muhim. "Barselona"ga natijalarni Messi taqdim etganidek, "Atletiko"dagi dunyoning eng kuchli darvozaboni ham shunday. Oblak - ajoyib, u biz uchun natija olib keladi", - deydi Simeone.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»