date

Chempionlar ligasi yarim finalida Diego Simeone va Andrea Berta o‘rtasida janjal

Chempionlar ligasi yarim finalida Diego Simeone va Andrea Berta o‘rtasida janjal

Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida Arsenal jamoasi Atletiko Madrid ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, umumiy 2:1 hisobi bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Atletiko Madrid bosh murabbiyi Diego Simeone asablarini jilovlay olmay, Arsenal sport direktori Andrea Bertani itarib yubordi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu keskin vaziyat o‘yin tugashiga oz vaqt qolganida yuz berdi. Simeone maydon chetiga yaqinlashgan Andrea Bertaga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘ldi. Natijada to‘rtinchi hakam va klub vakillari aralashib, ikki tomonni ajratib qo‘yishga majbur bo‘lishdi.

Ekspertlar, xususan Stiv Makmanaman argentinalik murabbiyning xatti-harakatlarini keskin tanqid qildi. U Simeone va uning yordamchilarining hakamlar guruhiga nisbatan doimiy bosim o‘tkazishini «dahshatli» deb baholadi.

O‘yin yakunidagi matbuot anjumanida Diego Simeone mag‘lubiyat uchun hakamlarni bahona qilmasligini ta’kidladi. Grizmann ishtirokidagi vaziyatda qoida buzilgani aniq bo‘lsa-da, murabbiy buni o‘z jamoasining muvaffaqiyatsizligiga sabab qilib ko‘rsatishni istamadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi yarim finalida Diego Simeone va Andrea Berta o‘rtasida janjal