Butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus xavfi sababli FIFA deyarli barcha rasmiy o‘yinlarni noma’lum muddatga qoldirgach, ko‘p o‘tmay O‘zbekistonda ham pandemiyaning ilk holati aniqlanib, barcha futbol uchrashuvlari bekor qilindi.
Shu jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasining mart oyida rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va o‘rtoqlik hamda rasmiy uchrashuvi ham o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bunday jiddiy o‘zgarishlar milliy jamoamizning JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi tayyorgarligiga qay daraja ta’sir qilishi borasida Tribuna.uz muxbiri O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan suhbatlashdi.
- «Koronafirus xafvi tufayli mart oyidagi muhim tayyorgarlik yig‘inimiz va o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bekor qilindi. Barchamiz vaziyat qay darajada ekanligini to‘g‘ri tushunib turibmiz», - deya gap boshladi Vadim Karlenovich.
«Milliy jamoamizga bog‘liq barcha rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Jahondagi vaziyatni ko‘rib, eshitib turibsiz. Bunday paytda odamlarning sog‘lig‘i futboldan muhimroq bo‘lishi shart. Shu bois FIFA deyarli barcha rasmiy o‘yinlarni bekor qildi. Biz ham oldindan belgilangan barcha rejalarimiz qoldirdik. O‘zbekiston milliy jamoasining ham Armaniston va Tojikiston bilan o‘yinlari bekor qilindi. Ular bilan o‘yinni Toshkentda o‘tkazib, hozirlik ko‘rmoqchi edik. Klublar barcha futbolchilarga uyiga javob berib yuborgan. Bunday paytda kimlar milliy jamoadan chaqiruv olganligini aytish ham mantiqsizlik bo‘ladi.
Hozirgi holatda hech qanday yangilik qila olmaymiz – butun dunyo singari o‘yinlar va mashg‘ulotlarni qoldirib turamiz. FIFA va hukumatimiz tomonidan ruxsat etilgach, keyin o‘rtoqlik o‘yinlari va rasmiy bahslarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.
FIFA milliy jamoalarning mart oyidagi barcha rasmiy o‘yinlarni iyul oyiga ko‘chirishni tavsiya qilmoqda. Umid qilamizki, tez orada koronavirus bo‘yicha dunyodagi vaziyat barqarorlashadi va barcha ommaviy tadbirlar, futbolga ruxsat berilsa rejalarimiz shu asnoda tuziladi» - deydi Vadim Abramov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 26 mart kuni Armaniston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi, 31 mart kuni esa JCH-2022 saralashi doirasida safarda Yamanga qarshi maydonga tushishi lozim edi. Ammo rasmiy o‘yin bekor qilingach, Tojikiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi borasida kelishilgan. Oxir-oqibat ushbu bahs ham o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Usmon Ibodov suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar