
Foto: Twitter
«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala koronavirusga chalindi. Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi.
«Barchaga shuni ma’lum qilmoqchimanki, biz Oriana (futbolchining sevgan qizi) bilan koronavirusga tahlil topshirdik va u ijobiy natijani ko‘rsatdi.
Shukrki, o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur», — deya yozadi Dibala o‘z Instagram’ida.
Shu tariqa Dibala koronvirus yuqtirib olgan uchinchi «Yuventus» futbolchisiga aylandi. Avvalroq bu holat himoyachi Daniele Rugani va yarim himoyachi Blez Matyuidida kuzatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Venesuelaning El Nacional nashri Dibalada koronavirus aniqlangani xaqida xabar bergan, biroq u futbolchining o‘zi tomonidan rad etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar