Sport vazirligining buyrug‘i va Rossiya xokkey federatsiyasining tavsiyasiga ko‘ra, shuningdek epidimiologik vaziyatning yomonlashuvi natijasida Oliy Xokkey ligasi Petrov kubogi va Federatsiya kubogi musobaqasining qolgan qismini bekor qildi va mavsumni muddatidan oldin yakunlanganligini rasman e’lon qildi.
Liga raxbariyati turnirni davom ettirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqdi, ammo hozirgi vaqtda aniqki, taqvim va pley-off formatini o‘zgartirishning imkoni yo‘q.
Liganing asosiy maqsadi xokkeychilar, klub xodimlari va muxlislarning salomatlini saqlashdir.
2019/20 yilgi mavsumda klublar egallagan o‘rinlarni o‘rnatilgan tartibda aniqlash yaqin fursat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, VXLda Toshkentning "Humo" jamoasi ham ishtirok etadi va Yevgeniy Popixin shogirdlari musobaqaning pley-off bosqichi chorak finalida Moskvaning "Zvezda" klubiga qarshi beshinchi o‘yinini o‘tkazishi lozim edi. Seriya 3:1 ko‘rinishini olgan vaqtda liga avvaliga 24 mart, so‘ng 10 aprelga qadar xokkey uchrashuvlari to‘xtatib qo‘yilganligini e’lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi