19:27 / 26.03.2020
3 700

“Mash’al”ning nigeriyalik legioneri: "Agar pulni o‘ylaganimda O‘zbekistonga kelmasdim"

“Mash’al”ning nigeriyalik legioneri: "Agar pulni o‘ylaganimda O‘zbekistonga kelmasdim"
Muborakning “Mash’al” jamoasi yangi mavsum oldidan ikki nafar afrika qit’asi vakillari bilan shartnoma imzoladi.
Bular kamerunlik Ella Ken Armand va nigeriyalik Ifeani Ifeani. Nigeriya fuqarosi bo‘lgan Ifeani birinchi turda “Sug‘diyona”ga qarshi kechgan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va chakki taassurot qoldirmadi. Yaqinda ushbu futbolchi bilan bog‘lanib klub haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Mash’al” ajoyib klub. Menga bu jamoa qiziqarli tuyuldi. Shuning uchun hozirda ijobiy fikr bildirishim mumkin. Jamoa rahbarlari, murabbiylari va futbolchilar o‘rtasidagi aloqa samimiy ekanligini ko‘rdim. Ahillik va ishonch bor joyda o‘sish kuzatiladi. Ushbu jamoaning taklifini qabul qilishimning asosiy sababi klub direktori meni jamoasida ko‘rishni istadi. Agentlarim O‘zbekistondan qiziqish borligini aytishdi. Moliyaviy tomonini o‘ylaganim yo‘q. Agarda pulni o‘ylaganimda bu yerga kelmasdim.

O‘zbekistonga kelgunimga qadar chempionat darajasi va saviyasi past deb o‘ylardim. Lekin, ko‘rib vaziyat va holat butkul boshqacha ekanligiga guvoh bo‘ldim. Ochig‘i, jamoalarning o‘zaro kurash olib borishi, stadionlarga ko‘plab muxlislarni tashrif buyurishi hayron qoldirdi.

Xorijdagi aksariyat uchrashuvlar bo‘sh stadionlarda o‘tadi. Chempionatning ochilish o‘yinida murabbiy menga ishonch bildirdi. Hayajon va bosimni yengib maydonga tushdim. Debyut o‘yin men uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. “Bunyodkor” bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida jarohat oldim, shu sababli qolgan o‘yinlarda ishtirok etmadim. Hozir yaxshiman”, - deydi Ifeani.

Abdulaziz Iskandarov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Mash’al”ning nigeriyalik legioneri: "Agar pulni o‘ylaganimda O‘zbekistonga kelmasdim"