1 827
Jahon chempioni uy sharoitida qanday shug‘ullanmoqda yoxud uning yoshlarimizga tavsiyalari...
Chempionlarimizdan karantin holatida qanday foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishi va qay tarzda vaqtini unumli o‘tkazish kerakligi borasidagi tavsiyalarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bu safar boks bo‘yicha jahon chempioni Bahodir Jalolov o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Hozirgi holatda eng asosiysi belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilish ekanligini aytib o‘tgan bo‘lardim. Umuman, xalqimizning salomatligi, yurtimizda bu kasallikni avj olib ketmasligi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan hukumatimiz rahbarlariga va shifokorlarga shu tarzda yordam qo‘lini cho‘zgan bo‘lamiz.
Yoshlarimizga esa, ushbu vaqtdan unumli foydalangan holda, ko‘proq ilm olishlarini, televideniya orqali olib borilayotgan onlayn darslarni sira qoldirmasliklarini va berilgan vazifalarni muntazam bajarib borishlarini maslahat berardim. Yurtimizda bo‘layotgan yangiliklar bilan muntazam tanishib borishsin va dunyoviy bilimlarini ham mustahkamlashlarini aytishim mumkin. Qolaversa, jismoniy tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lishlari salomatligini yaxshilashga, turli xil kasalliklarga chalinmasligiga xizmat qiladi.
Shuningdek, sportchi yoshlarimizga esa, uy sharoitida muntazam shug‘ullanib borishlarini so‘rardim. Kichik bokschi ukalarimizga buyuk chempionlarning janglarini, ular haqida ishlangan filmlarni ko‘rishlarini tavsiya qilaman. Chunki, shu orqali ham ularning kuchli jihatlarini o‘zlashtirish mumkin.
Ibrat bo‘luvchi kitoblar mutoala qilishlarini, qisqa qilib aytganda, foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishlarini tavsiya qilaman.
Biz ham ayni vaqtda oilamiz bag‘ridamiz. Shunday bo‘lsa-da, mashg‘ulotlarimizni davom ettirmoqdamiz. Mana shunday vaziyatda ham mamlakatimiz aholisiga imkon qadar yaratilayotgan sharoitlarga shukr qilgan holda, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, karantin qoidalariga amal qilsak, albatta, bu muammoni ham yengib o‘tamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi