"Torpedo-BelAZ" ustozi: Yaxshiboyev kabi futbolchining chempionatimizda paydo bo‘lishi yaxshi holat

"Torpedo-BelAZ" ustozi: Yaxshiboyev kabi futbolchining chempionatimizda paydo bo‘lishi yaxshi holat
Belarus chempionati 4-turidan o‘rin olgan "Torpedo-BelAZ" - "Energetik-BGU" (2:0) bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Yuriy Puntus hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyevning o‘yini haqida gapirdi.

- Yaxshi kayfiyat. G‘alaba uchun yigitlarga rahmat. Qiyin o‘yin bo‘ldi, ammo o‘ylashimcha, natija adolatli. Endi bu uchrashuv tarixda qoldi. Kelgusi bahslarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

- Bordachev va Stepanov Yaxshiboyevga imkon qoldirishmadi. Bu sizning topshirig‘ingiz edimi?
- Bunday hujumchilarning chempionatimizda paydo bo‘lishi yaxshi holat. Uning bugun gol kirita olmagani, bu bizning himoyachilarimizning xizmatlaridir.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar