2 261
“Bunyodkor”ga o‘tish imkoniyati, Drulovichning o‘zgarib qolgani, uzoqdan beriladigan zarbalar – Dilshod Saitov
Qarshining “Nasaf” jamoasi va uning qoshidagi futbol akademiyasi yurtimizga iqtidorli futbolchilarni yetkazib berishda yetakchi o‘rinlarda turadi. Bosh murabbiy har mavsumda yangidan yangi maxoratli o‘yinchilarni kashf qilib kelmoqda. Bugungi suhbatdoshimiz ham mutaxassisning yana bir kashfiyotlaridan biri hisoblanadi.
O‘zining o‘yinlari, qanotlardagi tezkor yurishlari va o‘yin davomidagi kutilmagan qarorlari raqib futbolchilarini sarosimaga solib qo‘yishi tabiiy. Demak, qahramonimiz kelajagi porloq futbolchi Dilshod Saitov. “Ajdarlar”ning muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Saitov bilan intervyu tashkil qilib o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan yuzlandik.
- Bilamiz, siz “Nasaf” jamoasida bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan futbolchi Alisher Yusupovni jiyani hisoblanasiz. Hoynahoy millionlar o‘yiniga mehr ushbu inson tufayli yuzaga kelgandir...
- Futbolga qiziqish yoshligimdan bo‘lgan. Chunki, oilamizda tog‘alarim muntazam ravishda futbol bilan shug‘ullanishgan, ichki chempionatda ishtirok etuvchi jamoalarda o‘ynashgan. Birinchi murabbiyim tog‘am Anvar Yusupov hisoblanadi. Chamasi besh yoshimdan to‘p bilan muomala qilishni va mashqlar qilishni boshlaganman. Birinchi marotaba Shahrisabzning “Xisor” jamoasi mashg‘ulotlariga borganman. So‘ng Muborakda “Mash’al” akademiyasida bir yil tahsil olganman. Oilaviy muammolar sabab Qarshiga kelganmiz. Keyinchalik “Nasaf” safiga borib qo‘shilganman.
- O‘tgan mavsumning birinchi turida Samarqandda “Dinamo” jamoasi darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qilgandingiz. Qaysidir ma’noda bu gol sizni muxlislarga yanada yaqinroq tanilishingizga sabab bo‘ldi. Bu o‘sha daqiqalarda qabul qilingan qarormi yoki murabbiyning o‘yindan oldingi ko‘rsatmasi. Odatda safarda to‘p tepayotgan jamoa qarshi hujumlarga tayangan holda uzoq masofalardan darvozalarni nishonga olishga harakat qilishadi...
- Aslida barchasi uchun Ro‘ziqul akaga rahmat aytishim kerak. Aslida jamoadagi debyut o‘yinim 2018 yil “Navbahor” jamoasiga qarshi kechgandi. Har bir uchrashuvda maydonda borimni berishga harakat qilaman. Lekin, hozirda o‘tgan yilgi Dilshod Saitov bilan bu yilgi Dilshod Saitovni o‘rtasida katta farq bor. Tan olaman joriy mavsumda hali o‘zimni imkoniyatlarimni to‘liq ko‘rsata olganim yo‘q.
- Uzoqdan to‘p kiritib raqib posbonlarini ojiz qoldirishingiz o‘zingiz tanlab olgan uslubmi yoki...
- Bolalgimda tog‘am Alisher Yusupov maydonga tushgan uchrashuvlarda to‘p olib berardim. Ular ko‘proq olisdan gol urishni yaxshi ko‘rardilar. Akademiyaga qabul qilingan paytimdanoq shuni ustida ko‘p ishlayman.
- Superligada sizning uslubingizdagi yetakchi futbolchilarni ayta olasizmi?
- Bundaylar soni ko‘p. Masalan, Dragan Cheran, Murod Holmuhammedov, Abdullox Olimov, Muzaffar Muzaffarov. Ularning har biri kuchli zarbaga ega.
- Hozirda “Bunyodkor”, “Paxtakor” akademiyalarida bolalarning deyarli 60 foizi seleksiya natijasida viloyatlardan, chekka hududlardan olib kelingan. Sizda ham shunday imkoniyat tug‘ilganmi? Sir bo‘lmasa aynan qaysi jamoaga?
- Ha, albatta. Bunday imkoniyat menda ham bo‘lgandi. Menga o‘sha vaqtda tog‘alarim va murabbiylarim to‘g‘ri yo‘nalish berishgan deb o‘ylayman. Ammo, “Bunyodkor” akademiyasiga o‘tish imkoni yuzaga kelgandi.
- Bu yilgi mavsumdagi dastlabki uchta turda “Nasaf” yuz foizlik natija qayd etdi. Demak, yangi kelgan futbolchilar bilan jamoaviy o‘yin boshqalarga qaraganda yaxshiroq kechmoqda...
- Men buni hali yuz foizlik natija demagan bo‘lardim. Xulosa chiqarishga hali erta. Jamoaviy o‘yinni asta-sekin yo‘lga qo‘yib boramiz.
- Tailandda o‘tgan Osiyo chempionati haqida ikki og‘iz fikr bildirsangiz. Fikringizni ikkita fakt bilan izoxlab bersangiz. Birinchi ayb murabbiy Lyubinko Drulovichda, ikkinchisi futbolchilar kuchli bosimdan chiqa olishmadi...
- Drulovich yaxshi murabbiy. Biroq, chempionat boshlanganda o‘zgarib qoldi. Turnirga yo‘l olgan tarkibdagi barcha yuqori saviyadagi futbolchilar edi. Lekin, murabbiy ishonmadi. Futbolchilarda nazarimda bosim yo‘q edi. Boisi, bolalarning ko‘pchiligi bundan oldingi Xitoydagi Osiyo chempionatida qatnashgandi. Menimcha futbolchilarda toliqish bo‘ldi. Nima uchundir Drulovich buni inobatga olmadi.
- Har kuni yashil maydonga, futbolga o‘rganib qolgan inson birdaniga uyga o‘tirib qolsa oson bo‘lmaydi. Futbolchilarda ham shunday. Oraliqdagi ta’tilni qanday o‘tkazyapsiz?
- Hamma qatori karantin qoidalariga to‘liq amal qilmoqdaman. Uy sharoitida to‘p bilan to‘liq ishlashni imkoni yo‘qligi sabab asosan jismoniy holatimni meyyorida ushlab turish uchun mashqlarni bajaryapman. Ijtimoyi tarmoqda jamoadoshlarim bilan guruhimiz bor. O‘sha yerda murabbiylar bergan topshiriqlarni ko‘rib boryapman. Hozirda yurtimizdagi vaziyatni xis qilgan holda hamyurtlarimizga iloji boricha uyda qolishlarini, sinovli kunlar tezroq o‘tib ketishini va tezroq yashil maydonga qaytishni xohlardim. Shifokorlar va ichki ishlar xodimlariga alohida rahmat aytaman. Ular hozir haqiqiy qahramonlardir.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi