Serxio Ramos «Real» klubidan nega norozi bo‘lyapti?

Ispaniya futbolida «Real»ning ustunlaridan biri bo‘lgan jamoaning 28 yoshli eks-sardori Serxio Ramosni klub o‘z safida olib qola olmasligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.
Klub tomonidan tarqatilayotgan xabarlar ham bu holatni tasdiqlayotgani ajablanarli hol.
Bundan sakkiz oy oldin madridliklar safida o‘ninchi mavsumni o‘tkazayotgan markaziy himoyachi OAV va muxlislar tomonidan chempionlar Ligasi sovrinini o‘ninchi bor qo‘lga kiritishda asosiy qahramonlardan biri sifatida tilga olinayotgan edi. Turnir davomida na 17 gol kiritgan Krishtianu Ronaldu, na to‘xtatib bo‘lmaydigan gollarni ushlab qoladigan Kasilyas, na futbol maydoni sprinteri Beyl emas, balki himoyachi Ramos “Atletiko”ga qarshi final o‘yining qo‘shib berilgan vaqtida “Real”ga g‘alaba nashidasini taqdim etgani yodingizda bo‘lsa kerak.
Bir oy oldin Ramosga klublar o‘rtasida jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sovrini ham berilgandi. To‘g‘risini aytish lozim, o‘sha turnirda Krishtianu zahira o‘rindig‘ida emas, balki maydonda to‘p surdi. Lekin, ko‘rinib turgan o‘yin sifati bo‘yicha sovrinni Ramos qo‘lga kiritgani barchani qoniqtirgani ham bor gap.
Serxio sardorlik bog‘ichini taqishga ko‘nikib qolgan. Agar, Kasilyas o‘yinga tushmasa jamoani o‘z-o‘zidan sevilyalik boshqaradi. Biroq, bir hafta oldin o‘tkazilgan “Atletiko”ga qarshi uchrashuv Ramosga og‘ir keldi. Balki, o‘sha kuni omad kelmagandir yoki charchoq o‘z so‘zini aytgandir (22ta o‘yinda g‘alaba qozonish oson ishmi? Axir, “Real” yulduzlari ham temirdan emas). Ularning barchasi funksional vazifasini bajara olmadilar, ammo jamoaning Ispaniya Kubogidan chiqib ketishiga Ramos aybdor bo‘lib qoldi.
Sababi, u qutqarib qola olmadi va faqat bir bora gol kiritdi, xolos (umuman olganda bir sababni olib tashlash lozim, gol kiritish Serxio uchun xobbi, uning ishi himoya).
Bu holatdan ranjigan klub prezidentining achchiq gaplari sport nashrlari birinchi sahifalarini egalladi. Aslida, Florentino Peres asosiy aybdorlarni qo‘li bilan ko‘rsatgani ham yo‘q, lekin, “Real”da uni so‘zsiz tushunadilar. Uning nutq ohangi, yuzidagi mimikasiga qarab, klub boshlig‘ining kimdan norozi ekanligini bexato bilsa bo‘ladi. Ayniqsa, rejalashtirilgan hujjatlarni to‘xtab qolishida bu yaqqol aks etadi.
Ramos — maosh olish miqdori bo‘yicha jamoada to‘rtinchi o‘rinda. Undan oldinda — Ronaldu (yiliga 17 million evro), Beyl (11 mln), Kasilyas (6 mln). Ispan telekanali bo‘lgan Deportes Cuatroda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Serxio ikkita yangi futbolchi Xames Rodriges va Toni Kross bilan bir xil — 5 million evro oladi. Maydondagi samara va ishqibozlar orasidagi obro‘ bo‘yicha oxiridagi ikki futbolchi unga teng kela olmasligi aniq. Kasilyas haqida esa gap bo‘lishi mumkin emas.
Ramos o‘zi namoyish etayotgan futbol va tajriba bilan maoshini ko‘paytirishlariga umid qilsa bo‘ladi. Hech kim unga bu borada e’tiroz bildirmagani ham, bor gap. Hatto, bundan bir oy oldin Peres ham shu fikrni bildirgan edi.
Lekin, tarqatilgan xabarlarga ko‘ra Peres himoyachiga Serxosning didi bo‘yicha juda kam miqdordagi qo‘shimcha maosh va shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Agar gap, boshqa o‘yinchi haqida ketganida shov-shuv bo‘lmas edi.
Serxio – o‘z maoshiga yiliga ikki million qo‘shilishini juda oz deb bilib, klubdan norozi bo‘lmoqda. Uni Ilyarramendi uchun to‘langan o‘ttiz millionni havoga uchgani, Beylga sarflangan yuz millioni o‘zini oqlamagani qiziqtirmayapti.
Umuman olganda, Ramosni hohlagancha ayblashimiz mumkin, biroq uni ishqibozlar yaxshi ko‘radi va unga bo‘lgan talab ham etarli darajada. Voqealar qanday rivoj topishini esa, vaqt ko‘rsatadi.
Elmurod ERMATOV tayyorladi
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing