2 541
Vadim Abramov Osiyo Kubogi—2011, o‘n yil avvalgi O‘zbekiston termasining hozirgisi bilan farqi haqida
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Qatar maydonlarida o‘tgan Osiyo Kubogi—2011 musobaqasini «Tezkor studiya» dasturida eslab o‘tdi.
Osiyo Kubogi—2011 musobaqasi haqida
«Muvaffaqiyatli harakat qilganimizning hech qanday siri yo‘q. O‘sha vaqtda yaxshi tarkib yig‘ilgandi. Tajriba va yoshlik uyg‘unlashgandi. Shuningdek, tayyorgarlik jarayoni ham yaxshi bo‘lgan deb o‘ylayman, musobaqaga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rgandik. Afsuski, kubokni qo‘lga kirita olmaganmiz. Nazarimda, ushbu sovrinni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi. Bosqichma-bosqich yaxshi jamoa shakllanib kelgandi. Ming afsuslar bo‘lsinki, bu yigitlar keyinchalik Jahon Chempionatiga chiqa olmadi».
Anzur Ismoilov haqida
«2011 yili Anzurni himoyachi deb atash qiyin edi. Keyinchalik u o‘yiniga qo‘shdi va ancha o‘sdi. Uni barcha futbolchilardan ham yaxshi bilaman. Bunday salohiyat va jismoniy tayyorgarlikka ega boshqa o‘zbek futbolchisini bilmayman. Agar Anzur «Traktor»dan «Paxtakor»ga qochib ketmaganida, ishoning, undan umuman boshqacha futbolchi chiqardi. Umid qilamanki, u to‘g‘ri qaror chiqaradi va bu safar Jahon Chempionatiga chiqishga erishadi».
2011 yilgi va hozirgi O‘zbekiston terma jamoasining farqi haqida
«Hozircha ularni solishtirish qiyin. Sababi 2011 yilgi tarkibda qolgan futbolchilar va men birga ishlagan o‘yinchilardan bir bosh ustun yigitlar bor edi. Hozirgi tarkibda ham iqtidorli futbolchilar bor, biroq ular o‘zlarini ko‘rsatishi kerak. Chunki iqtidor va mehnat — butkul boshqa-boshqa narsa. Natija yaxshilanib borsa, balki keyinchalik solishtirarmiz, ammo hozircha solishtirish bu jamoa foydasiga emas».
Osiyo Kubogi—2011 yarim finalida Avstraliyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida
«O‘yindan avval Ignatiy Nesterov bilan birga Aleksandr Geynrixda ham jarohat bor edi. Buning ustiga pley-offdagi raqiblarga tayyorlangan «sovg‘a» — Vagiz Galiulin ham mashg‘ulotlar jarayonida jarohat oldi.
O‘yingacha 4-5 kun vaqt bor edi, shu sabab mashg‘ulotlarda yigitlarga zo‘riqish beradigan mashqlar amalga oshirdik. Bu mening xatomga aylandi. Shuningdek, maydon markazida o‘zgarish qilish kerak edi, barcha bosim Haydarov va Kapadze tushib kelayotgandi. Tarkibga qarasangiz, biz deyarli himoyachisiz o‘ynaganmiz va bu oxir oqibat o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Hisob 0:2 bo‘lib turgan vaqtda Ulug‘bek Baqoyev qizil kartochka oladi. U — tajribali o‘yinchi va bunday qilmasligi kerak edi. Bu ahmoqona chetlatish natijaga ta’sir qilmay qolmadi. Shundan so‘ng, men yetarli tajribaga ega bo‘lmagan futbolchilarni tushirdim. Ular o‘zini ko‘rsatish uchun oldinga o‘tib ketaverdi va hisob 0:6 ko‘rinishini oldi. Bu mag‘lubiyatda ko‘proq xato mendan o‘tgan».
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi—2011 yarim finaliga qadar yetib borgan. Final yo‘llanmasi uchun kurashda Abramov jamoasi Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazib qo‘ygandi. O‘zbekiston 3-o‘rin uchun bahsda Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lib (2:3) to‘rtinchi pog‘ona bilan kifoyalangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...