Rossiyaning "Rostov" klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga "Lion" qiziqish bildirayotgani borasida oldinroq xabarlar tarqalgandi. Endi Fransiyaning yana bir jamoasi e’tiborini Shomurodovga qaratgan. Bu haqda Leerosportnews.com jurnalisti "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze bilan tashkil etilgan intervyuda aytib o‘tdi.
Ushbu saytda Arveladze bilan katta intervyu chop etildi. Jurnalist Fransiyaning "Bordo" klubi ikki futbolchiga qiziqayotgani, ulardan biri Eldor Shomurodov ikkinchisi esa Arveladzega yaxshi tanish bo‘lgan Georgiy Chakvetadze ekanligini aytib, bu borada uning fikrlari bilan qiziqdi.
- Eldor menga ko‘proq tanish va u yaxshi hujumchi. Menimcha, Shomurodov Niderlandiya yoki Angliya chempionatiga mos keladigan foydali to‘purar. Karpin uni yanada kuchli qilishiga ishonchim komil. Eldor O‘zbekistonning eng yaxshi hujumchisi bo‘la oladi.
Georgiy Chakvetadzeni ham yaxshi bilaman, u ajoyib texnika sohibi. Biroq u kam o‘yin o‘tkazmoqda. Men "Bordo" Chakvetadzeni kuzatib borayotganidan hayron bo‘lmayman. Chunki Georgiy maydonda qachon va qayerda joylashish kerakligini biladi. Futbolchilar saviyadagi farqlarni sezishsa, ular doim yangi darajaga intiladi. Buning uchun «Bordo» Yevropadagi muhim klub hisoblanadi, - dedi Shota Arveladze. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi