04:20 / 05.05.2020
2 800

Osiyo rekordchisi Ignatiy Nesterov faoliyatidagi eng esda qolgan turnir, o‘yin, g‘alaba va mag‘lubiyat haqida

Osiyo rekordchisi Ignatiy Nesterov faoliyatidagi eng esda qolgan turnir, o‘yin, g‘alaba va mag‘lubiyat haqida
Osiyo Kuboklarida 5 marta (2004, 2007, 2011, 2015, 2019) ishtirok yetib, bu borada Osiyoning yagona futbolchisi hisoblangan Ignatiy Nesterov “eng” so‘zi bilan bog‘liq xotiralarni yodga oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, Nesterov Osiyo Kubogida ishtirok yetish bo‘yicha qit’amiz rekordchisi hisoblanadi. U beshta Osiyo Kubogida jami 17 bor terma jamoamiz darvozasini qo‘riqlagan.

Eng esda qolgan turnir
- "Osiyo Kubogi-2019"ni eng esda qolgan musobaqa, deya olaman. Bu har tomonlama yaxshi o‘tdi. BAA o‘zida musobaqani juda yuqori saviyada tashkil etdi. Tashkilotchilik tomonlama umuman muammo kuzatilmadi.

Eng esda qolgan o‘yin
- Eng esda qolgan bahs sifatida 2015 yil Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvni aytgan bo‘lardim. Chorak finaldan o‘rin olgan mazkur bahs juda qiziq kechgandi. Biz oxirigacha kurashganmiz, faqat qo‘shimcha bo‘limlarda o‘tkazib yuborilgan ikkita gol tufayli yutqazib qo‘ygandik.

Eng esda qolgan g‘alaba
- Eng esda qolgan g‘alaba ham 2015 yil bo‘lgan. Guruh bosqichida Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etgandik. Buni Osiyo Kuboklari tarixida eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri, deb bilaman.

Eng alamli mag‘lubiyat
- Eng alamli mag‘lubiyat o‘tgan yil ro‘y berdi. Avstraliya bilan 120 daqiqa yaxshi o‘ynab, yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydik. Oldingi to‘qnashuvlarda Avstraliyaga qarshi bu qadar ishonch bilan o‘ynamagandik. Birinchi marta bu jamoani mag‘lub etishga juda yaqin kelgandik. Afsuski, penaltilarda omadimiz kelmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo rekordchisi Ignatiy Nesterov faoliyatidagi eng esda qolgan turnir, o‘yin, g‘alaba va mag‘lubiyat haqida