Foto: PFL
Koronavirus tufayli O‘zbekiston Superligasi joriy mavsumining ma’lum qismi Toshkent shahrida markazlashgan tarzda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Professional futbol ligasi (PFL) direktori birinchi o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev «Tezkor studiya» dasturida aytib o‘tdi.
«Karantin qoidalari yumshatilib viloyatlar aro qatnov qayta tiklanadigan bo‘lsa, har bir klub o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi. Bunday bo‘lmagan taqdirda ham PFLda bu borada variant bor.
Mavsumni Toshkent shahri va viloyatida markazlashgan tarzda boshlab turishimiz mumkin. Buning iloji bor, Toshkentda bir nechta stadionlar mavjud. Bundan tashqari viloyatning Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi stadionlarda ham o‘ynashga ruxsat berilsa yomon bo‘lmasdi.
Bunda albatta maydon tanqisligi muammo bo‘ladi, chunki o‘yinlardan tashqari har bir klub mashg‘ulot o‘tashi uchun bazalar ham zarur. Shu sabab masalan, poytaxtdagi «To‘qimachi» kabi maydoni yaxshi o‘yingohlardan mashg‘ulot markazi sifatida foydalanishga majbur bo‘lishimiz mumkin. 14 ta jamoaga maydon topib berishning o‘zi bo‘lmaydi.
Bu bir jihatdan foydali ham bo‘ladi: barcha o‘yinlarni jonli tarzda efirga uzatishda yengillik yuzaga keladi», — deydi Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...