03:00 / 08.05.2020
2 424

Gennadiy Golovkin: Kanelo men bilan jang qilishni istamadi

Gennadiy Golovkin: Kanelo men bilan jang qilishni istamadi
Boks bo‘yicha yengil vazn toifasida IBF va IBO chempioni Gennadiy Golovkin WBA chempioni Saul Alvares bilan jang qilmasligini ma’lum qildi.

«Koronavirus tufayli yuzaga kelgan ushbu holatdan avval javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olgandim. Men Sheremetaga qarshi jang haqida gapiryapman. O‘z so‘zimda turishim kerak. Vaziyat o‘zgarishi bilan ushbu jangda ishtirok etmoqchiman.

Har doim tanganing ikki tomoni bo‘ladi. Saulning jamoasi sentabrdagi jangdan qochib qolgandi. Kaneloning o‘zi may oyida jang qilishni istamadi. Shu sabab men Sheremetaga qarshi jang qilishni tanladim.
Shunday ekan men o‘z yo‘limda davom etdim. Mening o‘z kareram bor va o‘zimga savol berdim: ‘yana qancha kutishim kerak?
», — deydi Golovkin.

Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik bokschi Saul Alvares bilan ikki bor to‘qnash kelgan. 2017 yilning sentabridagi jangda durang qayd etilgan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib meksikalik bokschi Golovkindan ochkolar hisobida ustun kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gennadiy Golovkin: Kanelo men bilan jang qilishni istamadi